AQShda Kubadan qahva va to‘qimachilik mahsulotlari import qilishga ruxsat berildi

Jahon 08:14 / 23.04.2016 886

AQSh hukumati Kubadan qahva va to‘qimachilik mahsulotlari import qilishga ruxsat berdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti saytida aytilmoqda.

"22 aprel holatiga ko‘ra, AQSh yurisdiksiyasida bo‘lgan shaxslar Kubaning mustaqil ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan qahva v qo‘shimcha to‘qimachilik mahsulotlarini import qila oladilar", deb aytildi AQSh Davlat departamentida.

Avvalroq AQSh Kubaga nisbatan ba'zi sanksiyalarni yumshatishga qaror qilgandi, biroq 50 yildan ko‘proq amal qilayotgan savdo embargosi hali ham o‘z kuchida qolmoqda.  

Ko‘proq yangiliklar: