Peskov Rossiya harbiylari Suriyada Isroil samolyotiga o‘t ochgani haqidagi xabarni inkor qildi

Jahon 18:44 / 22.04.2016 895

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov "Isroil OAVining mamlakat harbiy-havo kuchlari samolyotlari Rossiya harbiy-kosmik kuchlari tarkibidagi qiruvchi samolyotlar tomonidan o‘qqa tutilgani haqidagi xabarlari haqiqatdan yiroqligi"ni bildirdi. Bu haqda TASS xabar bergan.

"Isroil matbuotining bu boradagi xabarlariga izoh bermayman. Ularda keltirilgan ma'lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", — degan Peskov rossiyalik jurnalistlarga.

U Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuvda Rossiya prezidenti Suriya va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilganini bildirgan. Shuningdek, tomonlar ikki mamlakatning savdo va iqtisodiy sohalardagi hamkorligi bo‘yicha fikrlar almashilganini ayon etgan.

"Uchrashuv o‘ta samarali o‘tdi. Uchrashuvlar 3 formatda o‘tkazildi: tor toiradagi uchrashuv, delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralar hamda yuzma-yuz suhbat shaklida", deya qo‘shimcha qilgan u.

22 aprel kuni Isroidagi yetakchi nashrlaridan biri Yedioth Ahronoth Rossiya harbiy-koinot kuchlarining Suriyadagi guruhi samolyotlari Isroil harbiy samolyotlarini kamida ikki bor o‘qqa tutganini ma'lum qildi. Gazetaning da'vo qilishicha, mazkur holat mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Moskva bilan tezkor aloqani yaxshilash yo‘llarini qidirishga majbur etgan.

Xabarda bu voqea aynan qachon va qaysi hududda bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritilmagan.

Nashrning yozishicha, mart oyida Isroil prezidentining Rossiyaga tashrifi vaqtida ham bu masala ko‘tarilgandi.

Isroil mudofaa armiyasi vakili bu xabarga izoh berishdan bosh tortgan.

Ko‘proq yangiliklar: