Kreml Islom Karimovning Moskvaga tashrifi kuniga aniqlik kiritdi

O‘zbekiston 18:04 / 22.04.2016 1711

O‘zbekiston rahbari Islom Karimovning Rossiyaga tashrifi 25 aprel kuni amalga oshiriladi. Kreml saytida rasman ma'lum qilinishicha, Islom Karimov 25-26 aprel kunlarida rasmiy tashrif bilan Moskvada bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Islom Karimov o‘z safari vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi va MDH, ShHT hamda BMT doirasidagi iqtisodiy va o‘zaro hamkorlik masalalarni muhokama qiladi.

Shuningdek, oliy darajadagi uchrashuvda ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va gumanitar sohalardagi hamkorligi istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, tomonlar mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi kunning dolzarb masalalarini muhokama etadi.

Bundan oldinroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonning yangi elchisi Baxrom Ashrafxonovdan ishonch yorliqlarini qabul qilish vaqtida O‘zbekiston rahbarining Moskvaga kelishi haqidagi xabarni tasdiqlagandi. U O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 25-26 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga qiladigan rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirishiga ishonch bildirib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: