22 aprel kuni Hindistonning shimoli-g‘arbi Xitoy chegarasiga yaqin joylashgan Arunachal-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan salmoqli yer o‘pirilish oqibatida kamida 17 kishi nobud bo‘lgan, ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda shtat politsiyasiga tayanib TASS xabar berdi.
Yer o‘pirilishi Tavang shahridan 4 kilometr uzoqlikda qurilgan yo‘l ishchilarining vaqtinchalik boshpanasi hududida ertalab sota 03.30da sodir bo‘lgan. O‘n tonnalab loy va toshlarning ko‘chishiga shu tumanda hafta davomida to‘xtovsiz yoqqan yomg‘irlar sabab bo‘lgan.
Shoshilinch yetib kelgan qutqaruvchilar qurilish va o‘pirilib tushgan yer qoldiqlari orasidan 16 nafar ishchining jonsiz tanasini kavlab oldi, yana bir kishi kasalxonaga ketish chog‘ida nobud bo‘ldi. Yana ikki kishining qayerdaligi noma'lum. Qidiruv amaliyoti to‘xtatilib, barcha kuchlar mahalliy ahamiyatdagi to‘silib qolgan yo‘llarni tozalashga qaratildi.
Shuningdek, bir necha turar-joy va maktab binolariga ziyon yetgan bo‘lishi mumkin.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi nobud bo‘lgan odamlar va ularning oilalariga chuqur hamdardlik izhor qildi.