Xitoyning eng mashhur blogeri Papi Jiang 30 soniyalik roligini 3,4 million dollarga sotdi. Bu haqda Quartz xabar berdi.
Kosmetika va go‘zallikka ixtisoslashgan ko‘pchilik qiz bola blogerlardan farqli ravishda Jiang kundalik hayot, munosabatlar va ijtimoiy masalalar bilan bog‘liq hazilomuz videolari orqali mashhur.
Bloger-qiz ko‘chabop so‘kinishlarni ham yaxshi ko‘radi. Bu esa Xitoy hukumatining noroziligiga sabab bo‘lgan. Hatto uning akkauntini taqiqlab qo‘yish to‘g‘risida tahdid ham qilishgan. Chunki uning faoliyati “toza va sog‘lom kiberolam” tushunchalariga zid.
Eng muvaffaqiyatli bloger kanalida reklama berish huquqini kosmetika savdosi bin shug‘ullanuvchi kompaniya qo‘lga kiritdi.