Ruminiyalik arxeologlar Praxov uyezdidagi Ployeshti shahri yaqinidan 5000 yillik tarixga ega noodatiy qabrni aniqlashdi. Bu haqda Romania Insider xabar tarqatgan.
Arxeologlar bu topilmani tez orada turar joylar qurilishi kerak bo‘lgan hududdan topishgan. Qabrdagi qoldiqlar erkakka tegishli bo‘lib, belgilar orqali u o‘z davrida ijtimoiy mavqega ega bo‘lganini taxmin qilish mumkin. Uning bo‘yin qismida misli marjon taqilgan.
Bundan avval ham Ployeshti shunga o‘xshash qabrlar topilgan, ularda nisbat yoshroq yigitlar dafn qilingandi.