Rossiya Banki dollar va yevro qiymati keskin pasaytirdi

Iqtisodiyot 18:03 / 21.04.2016 2134

Rossiya Banki 22 aprel kuni o‘rnatgan dollarning rasmiy qiymati 65,03 rublni tashkil etdi. Ya'ni dollar 1,01 rublga arzonlagan. Yevro qiymati esa 73,46 rubl deb belgilandi (minus 1,55 rubl).

Moskva birjasida Amerika dollarining qiymati 65,11 rubl, yevro esa – 73,68 rubl. Rublning qadri neft narxining o‘sishi bilan barqarorlashmoqda. Brent markali neft barreli 46,05 dollar deb baholanmoqda.

12 aprel kuni Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov neft narxi qimmatlashgan vaziyatda rublning past kursini saqlab qolishga va'da berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat agar neft qimmatlashsa, barcha qo‘shimcha daromadlarni zaxira jamg‘armalriga o‘tkazish imkonini beruvchi yangi kamchiqim qoidani ishlab chiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: