Polsha armiyasi sonini yarim barobarga oshiradi

Jahon 20:17 / 21.04.2016 1161

Polsha yaqin yillarda o‘zining armiyasi sonini 50 foizga oshirmoqchi. Bu haqda Polsha mudofaa vaziri Antoni Matserevich Polshaning Bidgosh shahrida NATO kuchlarini integratsiyalash bo‘yicha vakolatxona (NFIU) ochilish marosimida ma'lum qildi.

"Polsha armiyasi kattaroq bo‘ladi. Biz armiyaning yaqin yillarda ancha, kamida 50 foizga kattalashini, jumladan keyingi yil boshigacha sharqiy flangda hududiy mudofaaning uchta qo‘shimcha brigadasi yaratilishini kutmoqdamiz", deb Matserevichning gaplarini keltirib o‘tdi Rzeczpospolita nashri. Matserevich armiyaning rivojlanishi nafaqat hududiy mudofaa, balki tezkor bo‘linmalarga ham tegishli bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.

Matserevichning aytishicha, NFIU’ning Bidgoshdagi bosh qarorgohi ochilishi Polsha armiyasi va umuman Polsha uchun muhim kun bo‘ldi. "Bugun biz Polsha ittifoqdoshlarning qo‘shinlarini qabul qilishga to‘liq tayyor deb ayta olamiz. Bugun biz NATO sharqiy flangda bo‘lishga to‘liq tayyor deb ham ayta olamiz", deb ta'kidlab o‘tdi vazir.

Matserevichning ta'kidlashicha, kamida oxirgi 2 yilda mamlakat xavfsizligiga eng katta xavf "Ukrainaning bir qismini bosib olishga qaror qilgan" Rossiya ekanligi tushunarli bo‘lgan. "NATO kuchlarining Polshada va butun sharqiy flangda AQSh qo‘shinlari kabi bo‘lishi tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi. Biroq bu maqsadga erishishning yo‘li Polsha va sharqiy mintaqaning boshqa davlatlari qurolli kuchlarining o‘zlarini himoya qilish hamda NATO va AQSh qo‘shinlari bilan o‘z harakatlarini birlashtirishga tayyorligi hisoblanadi", deb aytdi Matserevich.

Ko‘proq yangiliklar: