“Nihol” mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo‘jayev “Hordiq” gazetasining “Muloqot” loyihasida ishtirok etdi, deb yozmoqda “Darakchi.uz”.
Unga savol bergan muxlisaning “ O‘tgan kunlar” spektaklida Otabekni o‘ynashga taklif etilsa, qaysi aktrisani partner sifatida tanlashi haqidagi savoliga xonanda:
— Zarina Nizomiddinova. Yaqinda u bilan “Sharofatxonning kelinlari” komedik filmida birga suratga tushdik. Uning partner bilan ishlashi va professionalligi menga juda ma'qul keldi, — deya javob berdi.