OPeK bosh kotibi Abdulloh al-Badriy 2016 yil oxiri–2017 yil boshiga neft bozori muvozanatga kelishini kutayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Men bozor joriy yil oxiri-2017 yil boshiga o‘zgarishiga umid qilaman. Hozir bizda mavjud bo‘lgan yagona muammo – me'yordan ortiqcha neft olishdir. Agar biz bu muammoni hal qila olsak, bozor muvozanatga keladi", deb aytdi Badriy Xalqaro neft sammiti sahnasi ortida.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, neft ishlab chiqaruvchilar Qatarda o‘tgan uchrashuvda neft olish hajmini muzlatish bo‘yicha kelisha olmaganlar.