Obid Asomov o‘zining instagramdagi sahifasida Ozodbek Nazarbekovning konserti haqidagi fikrlarini yozib qoldirdi.
“Ozodbek Nazarbekov konsertiga taklif kilgan edi, bordim. Rosti, konsertga tushishni uncha yoqtirmayman. Futbolda zaxiradagi o‘yinchi maydonga tusha olmay, xunob bo‘lib o‘tirganini ko‘rganmisiz? Menda ham ana shu holat bo‘ladi. Lekin kecha ochig‘i yurakdan dam olib barcha g‘uborlarim chiqib ketdi. Kim nima desa desin, lekin u san'at osmonining eng yuqori qavatiga chiqqani tasodif emasligini yana bir karra isbot qildi. Eng muhimi, konsertda soxtalik yo‘q, hammasi yurakdan”, — deb yozadi so‘z ustasi.
Shuningdek, u izohning davomida: “Davrani [Ozodbekning] o‘zi boshqardi. Avaz [Oxun] ukamiz xafa bo‘lmasin: konsertga qiziqchining keragi ham yo‘q ekan — men Ozodbekning hazillariga ko‘proq kuldim”, — deya qo‘shimcha qildi.