Braziliya Posterscope va NBS reklama agentliklari Zika virusi tarqalishiga qarshi kurashda yordam berishga mo‘ljallangan Mosquito Killer kampaniyasini ishga tushirdi. Bu haqda The Verge xabar berdi.
Kampaniya doirasida Rio-de-Janeyro ko‘chalarida odamga xos nafas va ter hidini taratish uchun karbonat angidridi va sut kislotasi eritmasini ajratib chiqaruvchi ikkita reklama lavhalari o‘rnatildi. Taxminlarga ko‘ra, bu chivinlarni jalb qilishi lozim. Hashorotlar bilborddan chiqa olmaydi va nobud bo‘ladi.
G‘oya mualliflari internetda shunga o‘xshash bilbordlarni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalarni yukladilar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu vosita hashorotlarni 2,5 kilometrgacha radiusdan jalb qila oladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti chivinlar qopqoni virusga qarshi kurashda qo‘l kelishi mumkinligini tan oldi, biroq ularning samaradorlik darajasini belgilash uchun yana tadqiqotlar o‘tkazish zarur.
Ekspertlar qopqondan chiqib ketgan chivinlar yanada ko‘proq odamlarga ziyon keltirishi mumkinligidan xavfsiramoqda. Bunday xatar qopqon odamlar ko‘p yig‘iladigan joylarga o‘rnatilgan holatda yuz berishi mumkin.
2015 yilning aprelidan buyon Braziliyada 1,5 milliondan ortiq kishi virusni yuqtirgani qayd etilgan, yana 2 milliarddan ortiq kishiga virusni yuqtirish xavfi tahdid soladi.