Beyl jarohatdaligi vaqtida golf turnirida ishtirok etgani uchun Zidandan tanbeh eshitdi

Sport 21:56 / 21.04.2016 1433

«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl jamoaning umumiy guruhdagi mashg‘ulotiga qaytdi. U o‘tgan haftada bel qismidan olgan jarohati tufayli «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinni (3:0) o‘tkazib yuborgandi. Endi u to‘liq sog‘aygan va o‘ynashga tayyor.

Beyl shanba kuni «Rayo Valekano»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

Lekin uelslik futbolchi o‘z vaqtini 8 soatlik golf turnirida o‘tkazgani jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanga yoqmagan. Murabbiy unga tanbeh bergan va undan o‘z sog‘ligiga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lishni talab qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: