Sindzo Abe Kyusyudagi zilzila tufayli Yevropaga safari dasturini qisqartiradi

Jahon 09:59 / 20.04.2016 849

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe maydagi "katta yettilik" sammiti oldidan Yevropaga safari dasturini Kyusyu orolidagi zilzilalar sababli qisqartirmoqchi. Bu haqda Nikkei nashri xabar bermoqda.

Dastlab Abening Yaponiyada bir qator dam olish kunlari bo‘ladigan aprel oxiri-may boshida Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Shveytsariya va Belgiyaga tashrif buyurishi rejalashtirilgandi. Yapon OAV ta'kidlagandek, bundan keyin Abening Rossiyaga norasmiy safari belgilangandi. Abe Rossiyaga 6 mayda kelishi mumkinligi aytilgan.

"Biroq vayronakor zilzilalardan keyingi aftershoklar davom etayotgani sababli bosh vazirning Yaponiyada bo‘lmasligi vaqtini iloji boricha qisqartirish kerak, degan fikr bor", deb yozdi gazeta. Endi Abening Yevropa davlatlariga safari may boshida o‘tishi kutilmoqda.

12 aprelda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Mo‘g‘uliston, Yaponiya va Xitoy OAVga bergan intervyusida Abe yaqin orada Rossiyaga kelishini aytgandi.

Kyusyudagi 6,5 magnitudali 1-zilzila 14 aprelda yuz bergan va katta talofatlar keltirib chiqargan. Bu zilziladan keyin 100 dan ortiq kuchsizroq zilzilalar bo‘lib turgan va 15 aprel kechki payt magnitudasi 7,3 gacha yetgan bir qator kuchli zilzilalar yuz bergan.

Ko‘proq yangiliklar: