Saudiya Arabistoni qirolining o‘g‘li Dohadagi muzokaralarni barbod qilishda gumonlanmoqda

Jahon 00:05 / 20.04.2016 852

Saudiya Arabistonining sevimli o‘g‘li, shahzoda Muhammad ibn Salmon Dohada neft hajmini muzlatish bo‘yicha o‘tgan muzokaralarda hal qiluvchi rol o‘ynadi. Bu haqda The Financial Times nashri xabar bermoqda. Nashrning ta'kidlashicha, Dohadagi uchrashuvda hattoki bo‘lmagan shahzoda 17 aprel erta tongda o‘z mamlakati delegatlariga qo‘ng‘iroq qilib, ularga uyga qaytishni buyurgan.

Biroq delegatsiya uchrashuvda qolgan bo‘lsa-da, Saudiya Arabistoni neft vaziri Ali al-Naimiy qaror qabul qilish uchun vakolatsiz qoldi.

Vaholanki, 17 aprel ertalab sammit ishtirokchilari saydiyaliklar bitimni imzolashiga ishonchlari komil edi. Kelishuv loyihasi aynan Saudiya Arabistoni mutaxassislari tomonidan yozilgan.

Shahzoda Muhammad Saudiya Arabistonida eng nufuzli siyosatchilardan hisoblanadi. Uning mavqei 2015 yilda taxtga otasi qirol Salmon o‘tirgandan keyin yanada oshib ketdi. Shahzoda bir vaqtning o‘zida mudofaa vazirligi va iqtisodiy kengashga rahbarlik qiladi, armiyaning Yamandagi urushdagi harakatlarini boshqaradi va Saudiya Arabistonida neftdan keyingi iqtisodiyotni qurish bo‘yicha rejalar tuzadi.

Ko‘proq yangiliklar: