Oq uy Saudiya Arabistonini 11 sentabr teraktlariga aloqador deb hisoblamasligini aytdi

Jahon 00:30 / 20.04.2016 1194

AQSh rahbariyatida Saudiya Arabistoni 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlarga aloqadorligiga ishonchli isbotlar yo‘q, deb aytdi Oq uy rasmiy vakili Josh Ernest. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

"11 sentabr komissiyasi Saudiya Arabistoni yoki saudiyalik biror yuqori lavozimdagi vakil fitnachilarni qo‘llab-quvvatlaganining isboti yo‘q" deb aytdi Ernest.

Avvalroq Obamadan Saudiya Arabistonining 11 sentabrdagi teraktlarga aloqasi borligi haqidagi ma'lumotlar chop etilishi talab qilingani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: