Norvegiyaliklar dengizda ishlaydigan robot-ilonlar yaratishdi

Fan-texnika 00:12 / 20.04.2016 3632

Ma'lum bo‘lishicha, tez orada dengiz va okeanlarning suv yuzasida robot-ilonlar paydo bo‘la boshlaydi va insonlar uning chinakam tirik mavjudot yoki ilonsifat sun'iy mehnat mahsuli ekanligini ajratolmay qolishadi. Norvegiyaning Statoil va Kongsberg Maritime kompaniyalari Norvegiya universitetining tabiiy va texnik fanlar qoshidagi Eelume firmasi bilan hamkorlikda yaratgan yangiliklari haqida e'lon qilishdi. Ular birgalikda ilon-robotlar ekspluatatsiyasini ishga tushirishni rejalashtirishdi. Loyiha mualliflarining qayd etishicha, robot-ilonlar muntazam davom etuvchi oddiy ishlarni bajarishga mo‘ljallangan.

Robotlar o‘z qobiliyati, moslashuvchanligi va hajmi bilan kirish qiyin bo‘lgan joylarga ham osongina kira oladi. Shu tarzda, robot yer osti inshootlarini o‘rnatish va ta'mirlashga mas'ul bo‘lgan insonlar hamda murakkab, qimmatbaho mashinalar o‘rnini bosa olishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: