Endi Google odamlarning yuz ifodasini kuzatadi

Fan-texnika 09:49 / 20.04.2016 1583

Google kompaniyasi izlash natijasini olgan foydalanuvchining yuz ifodasini tahlil qila oladigan algoritmni patentladi. Bu haqda 19 aprel kuni The Next Web xabar berdi.

Muhandislarning ta'biri bo‘yicha, dastur old kamera va mobil uskunaning hisoblagichidan foydalangan holda foydalanuvchining tana harorati va yurak urish tezligini o‘lchaydi, shuningdek, ko‘z qorachig‘ining kengayishi, yuzning qizillik darajasi, ko‘z harakatlarini nazorat qiladi.

Mimik harakatlar tahlili natijalari orqali kompaniya foydalanuvchining qidiruvga taqdim etilgan javoblardan qoniqish darajasini aniqlash niyatida. Kompaniya shundan kelib chiqib, mobil gadjyetlardagi funksiyalarini takomillashtirmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: