Yekaterina Xilko faoliyatidagi beshinchi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadi

Sport 10:21 / 20.04.2016 1320

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida trampolin bo‘yicha lisenzion musobaqa o‘tkazildi.

Unda o‘zbekistonlik Yekaterina Xilko saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, kuchli sakkizlikdan joy oldi hamda XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu tariqa, Yekaterina Xilko faoliyatidagi beshinchi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadigan yagona trampolinchiga aylanadi. Dunyo trampolinchilari orasida shu kunga qadar to‘rt nafar sportchi to‘rt martadan Olimpiada o‘yinlarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: