Saudiya Arabistoni neft vaziri Dohadagi muvaffaqiyatsiz muzokaralardan keyin iste'foga ketishi mumkin

Iqtisodiyot 08:05 / 19.04.2016 1517

Saudiya Arabistoni neft vaziri Ali al-Naimiy Dohadagi muvaffaqiyatsiz muzokaralardan keyin iste'foga ketishi mumkin, deb xabar bermoqda Petromatrix tahlilchilarining ma'ruzasiga iqtibos keltirgan holda Bloomberg agentligi.

Ma'ruzada muvaffaqiyatsiz muzokaralar al-Naimiyning mavqeini zaiflashtirgani aytilgan. Bu, bitim barbod bo‘lgandan keyin al-Naimiy OPeK bo‘yicha hamkorlarining ishonchini yo‘qotgani bilan bog‘lanmoqda.

Ta'kidlanishicha, al-Naimiy hamkorlarga Saudiya Arabistoni kelishuvni qo‘llab-quvvatlashiga va'da bergan, biroq valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon bosimi ostida o‘z fikrini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.

Avvalroq neft qazib oluvchilar neft qazib olish hajmini muzlatish bo‘yicha kelisha olmaganlari ma'lum bo‘lgandi. Qatardagi uchrashuv hech qanday natija bermagan.

Ko‘proq yangiliklar: