Hikmat Hamidullayev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) muqaddam sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, hech tap tortmay, avvalgi sodir etgan jinoyatiga o‘xshash firibgarlik “hunar”ini davom ettiraveradi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.
2015 yilning oktabr oylarida Asad turmush o‘rtog‘i Anjyela bilan Amir Temur ko‘chasida joylashgan “Poytaxt”savdo majmuasiga kelishadi. Anjyela kiyim-kechaklar xaridi bilan mashg‘ul bo‘lib turgan bir paytda Asad chekkaroqda uni kutib turadi. Shunda uning eski tanishi bo‘lmish Hikmatga ko‘zi tushib qoldi. Asad Hikmat bilan qariyb 10 yildan beri tanish edi. Ammo oxirgi vaqtda ular ancha uzoqlashib qolishgandi. Asad quvonib uni gapga tuta boshladi.
Ertasiga ular Yunusobod tumani 10–mavzeda joylashgan “Setora” to‘yxonasi oldida ko‘rishishdi. Hikmat uchta plastik kartochkaga 2000 AQSh dollaridan jami 6000 AQSh dollari pulni tushirib berishni va'da qilib, Asaddan 14000000 so‘m miqdordagi pulni oladi.
— Yana 2000000 so‘m berishingiz kerak. Ikki-uch kun ichida ishingiz hal bo‘ladi, menga ishonavering, — dedi Hikmat unga.
Ammo va'da qilingan muddat kelsa-da, Asadning ishi hal bo‘lmadi. Hikmat qo‘ng‘iroqlarga javob bermay qo‘ydi.
Pullarini kuta–kuta toqati toq bo‘lgan Asad ichki ishlar idoralariga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Mana endi H.Hamidullayev qilmishi uchun yana sudning qora kursisiga o‘tirishga majbur.