McDonald’s 2017 yildan boshlab buyurtmalarni mobil dasturlar orqali qabul qiladi

Jamiyat 22:15 / 19.04.2016 1342

McDonald’s 2017 yildan boshlab o‘z restoranlarida taomlarga buyurtmalarni mobil dastur orqali qabul qilishni rejalashtirmoqda va mazkur g‘oya yetkazib berish xizmatini rivojlantirish uchun yangi bir samarali yo‘l hisoblashmoqda. Bu haqida TASS axborot agentligiga McDonald’sning Rossiyadagi boshqaruvchi direktori Aleksey Semenov so‘zlab berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya mijozlar uchun telefon yoki smartfon orqali buyurtma berib, uni tezda restoranda qabul qilib olishga imkon beradigan dasturni tayyorlamoqda.

“Hozirda dastur jahon miqyosida tayyorlanmoqda. Mahalliy miqyosda sinovlar hali boshlangani yo‘q. Mening fikrimcha, sinovdan o‘tkazish va ishga tushirish (albatta bu sinovning yaxshi o‘tganidan so‘ng) keyingi yilda amalga oshiriladi”, - deb aytdi Semenov.

“Mobil buyurtma” dasturi foydalanuvchiga buyurtmani shakllantirishga va uning uchun to‘lovni (telefon hisob raqamga yoki bank kartasiga ulangan bo‘ladi) amalga oshirishga yordam beradi. Mijozning restoranga tashrif buyurganda faqatgina buyurtmasini olish kerak bo‘ladi. Loyihaning texnik qismlari esa ishlab chiqilmoqda.

TASS axborot agentligining ma'lumotiga ko‘ra, Fransiyadagi McDonald’s restoranlarida mobil dasturlar hozirgi kunda mavjud.

Semenovning ta'kidlashicha, mobil dasturning eng muhim qismi McDonald’s mahsulotlarining mijozlarga yetkazib berilishi hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, taomlarni yetkazib berish haqidagi g‘oya “havoda uchib yuribdi”, ammo kompaniyaning bu savol bo‘yicha tayyor yechimi mavjud emas.

Ko‘proq yangiliklar: