Suriyadagi parlament saylovlarida Asad tarafdorlari g‘alaba qozondi

Jahon 15:35 / 18.04.2016 1197

Suriya qonun chiqaruvchi organi yangi tarkibi uchun 13 aprelda bo‘lib o‘tgan saylovlarda «Milliy birlik» koalitsiyasi g‘alaba qozongan. Mamlakatning hukmron «Baas» partiyasi ham ushbu koalitsiya tarkibiga kiradi.

«Baas» va unga ittifoqdosh partiyalar parlamentning 250 o‘rnidan 200tasini egallagan. AFP agentligi xabar qilishicha, koalitsiyadan ko‘rsatilgan 200 nafar nomzodning barchasi o‘z okruglarida g‘alaba qozongan. Milliy saylov komissiyasi parlamentning yangi tarkibidan o‘rin olgan deputatlar ro‘yxatini e'lon qilgan.

Saylov komissiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ovoz berish jarayonida saylovchilarning 57,5 foizi, ya'ni 5 milliondan ortiqroq inson qatnashgan.

Suriyada muzokaralar yo‘li bilan tinchlik o‘rnatish muloqotini o‘tkazayotgan BMT saylov natijalarini tan olmasligini bildirgan. Muxolifat vakillarining fikricha, ushbu kampaniya "hukmron rejim o‘z qonuniyligini isbotlamoqchi bo‘lgan teatr", deb xabar qiladi Reuters agentligi.

Ko‘proq yangiliklar: