O‘zbekistonda yangi tahrirdagi "Buxgalterlik hisobi to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi

O‘zbekiston 15:59 / 18.04.2016 3358

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov 2016 yil 13 aprelida "Buxgalterlik hisobi to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.

Qonunning yangi tahriri 32ta moddadan iborat.

Qonunning yangi tahririda buxgalterlik hisobi tushunchasi uni yuritish qoidalari batafsil yoritilgan. Barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarda buxgalterlik hisobi yuritish qoidalariga izoh berilgan.

Qonunda kichik biznes sub'yektlarida soddaroq buxgalterlik hisobini yuritish qoidalari, buxgalterlik hisobi standartlari asosida tartibga solinishi belgilab qo‘yilgan.

Yangi qonunga muvofiq, aksionerlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar, jamoat fondlari va boshqa tashkilotlar, auditorlik hisoboti bilan birga yillik moliyaviy hisobotini, aksionerlar umumiy yig‘ilishi yoki buxgalterlik hisobi subektining boshqa oliy boshqaruv organi yillik majlisidan 2 hafta avval e'lon qilishi shart etib qo‘yilgan.

Ko‘proq yangiliklar: