O‘zbekiston va Kanada TIV o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkaziladi

O‘zbekiston 15:52 / 18.04.2016 2484

21 aprel kuni Ottava shahrida O‘zbekiston-Kanada siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda Kanada delegatsiyasiga Tashqi ishlar va xalqaro savdo vazirligi Yevropa va Yevroosiyo ishlari bo‘yicha byurosi Bosh direktori Metyu Levin rahbarlik qiladi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston va Kanada o‘rtasida 1992 yilning 7 aprelida diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. Davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik Vashingtonda rezidensiyasi bo‘lgan O‘zbekistonning Kanadadagi elchixonasi hamda rezidensiyasi Moskvada bo‘lgan Kanadaning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi darajasida amalga oshiriladi.

1997 yildan buyon Toshkentda Kanadaning faxriy konsulligi faoliyat ko‘rsatadi.

TIV ma'lumotlariga ko‘ra, 2014-2015 yillarda ikki mamlakat o‘rtasida 10 martadan ziyod delegatsiyalar tashrifi amalga oshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: