Moskva metrosida xavfsizlik choralarini kuchaytirish uchun intellektual videokuzatuvlar tizimi o‘rnatiladi

Jahon 15:09 / 18.04.2016 1689

Moskva metropolitenida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi. Moskva metrosi rahbari Dmitriy Pegov «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, 2016 yil oxirigacha Moskva yerosti transportida intellektual videokuzatuvlar tizimi ish boshlaydi. Rejaga muvofiq, loyiha xavfli kishilar va narsalarni aniqlash, shuningdek, yo‘lovchilar oqimini nazorat qilishda yordam berishi ko‘zda tutilgan.

Maxsus kameralar metroga kiraverishda hamda barcha platformalarda o‘rnatiladi. Yangi kameralar eski kameralar kabi faqat tasvirni yozish bilan band bo‘lmaydi. Ular yo‘lovchining yuzini metroga tushaverishida skanerlab, uni vagongacha "kuzatib qo‘yadi". Shu bilan politsiya va xavfsizlik xodimlarining mas'uliyatli ishini yengillashtiradi.

Tizim ishining birinchi bosqichida yo‘lovchi shaxsini aniqlaydi yoki uning platformada uzoq vaqt qolishiga e'tibor qaratadi, uning xatti-harakatlarini kuzatadi. Ikkinchi bosqichda, yo‘lovchiga oid ma'lumotlar politsiya axborot manbasidagi ma'lumotlarga qiyoslanadi.

Ushbu tizim to‘liq ishga tushirilgach, jami 20 mingga yaqin kamera Moskva metropoliteni va yo‘lovchilarning xavfsizligini ta'minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: