Fotogalereya: «Musaffo» sutlari olinadigan fermaga sayohat

O‘zbekiston 14:57 / 18.04.2016 12873

17 aprel kuni bir guruh iste'molchilar bilan «Musaffo» kompaniyasining mahsulotlariga sut yetkazib beradigan «Pro Milk» fermasiga sayohat uyushtirdik.

Ushbu ferma Sirdaryo viloyatida joylashgan bo‘lib, zamonaviy va avtomatlashganligi bo‘yicha O‘zbekistonda yagona hisoblanadi.

Fermaning ishlab chiqarish bo‘yicha menejyeri Sanjar Mo‘minov bizni butun jarayon bilan tanishtirdi.

Berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, «Pro Milk» fermasi 2 yil davomida qurilgan va 2015 yilning sentabridan o‘z faoliyatini boshlagan.

Bugungi kunda fermada 500 ga yaqin sigir boqilmoqda, ularning bari Germaniyadan keltirilgan. Sigirlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Masalan, har birining bo‘ynida maxsus tasma mavjud va uning yordamida sigirning sog‘ligini nazorat qilish mumkin. Bu esa nosog‘lom sigirning sutini iste'molga berib yubormaslik uchun xizmat qiladi.

Sigirlar oldidan yemish va suv hech qachon uzilib qolmaydi. Axlat esa tinimsiz avtomatik qurilma yordamida tozalanib turiladi.

Sigirxonada hatto avtomatik massaj qurilmasini uchratish mumkin.

Sog‘ish uchun ham maxsus qurilmalardan foydalaniladi. Bu paytda ham sigirlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilib, tozalikka katta e'tibor beriladi.

Sog‘ish xonasiga tez-tez suv sepilib, ventilyator bilan shamollatib turiladi. Bu sigirlarning qizib ketmasligi uchun xizmat qiladi. Issiqda uzoq qolib ketgan sigir stressga tushar va kam sut berar ekan.

Har bir sigir alohida-alohida bo‘limda sog‘iladi. Bungacha esa ularning yelini bio-mato bilan tozalanadi va sog‘ish qurilmasiga ulanadi.

Hozirda sigirlar kuniga 12 tonna sut bermoqda va barcha sut shu kunning o‘zida bir necha marta Toshkentdagi «Musaffo» kompaniyasining zavodiga olib ketiladi.

Sigirlarni fermaning o‘zida ko‘paytirish yo‘lga qo‘yilgan. Yaqinda tug‘ishi kerak bo‘lgan sigirlar alohida joyda saqlanib, ular kun-u tun nazorat ostida bo‘ladi.

Yangi tug‘ilgan buzoqlar esa necha oyligiga qarab turli xil bo‘limlarda saqlanadi.

Fermada birinchi va ikkinchi bo‘lib tug‘ilgan buzoqlar fermer bilan o‘ynayotganini quyidagi suratda ko‘rishingiz mumkin.

Bizning sayohatimiz davomida ham fermadagi buzoqlar soni yana bittaga ortdi.

Yem-xashakning bari fermaga tegishli bo‘lgan 700 gektar maydonda yetishtiriladi.

Va maxsus texnikalar bilan yig‘ishtirib olinadi.

Yemishning asosiy qismi maydalangan jo‘xori hisoblanib, u katta maydonda, klyonka ostida konservatsiya usulida saqlanadi.

Shuningdek, yemish tarkibi paxta yog‘i, bir necha xil vitaminlar bilan boyitiladi.

Ushbu ajoyib fermada 140 nafar kishi mehnat qiladi va tabiiy «Musaffo» sut mahsulotlarini iste'molchilarga yetkazib beradi.

«Pro Milk» fermasida sigirlarni parvarish qilish bo‘yicha Germaniyaning konsultant firmalaridan mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Maxsus parvarish natijasida sigirlardan sog‘ib olingan sutning yog‘lilik darajasi 4,5 foizni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyungacha «Musaffo» sutlaridan xarid qilishingiz va kompaniya tomonidan tashkil qilingan o‘yinda ishtirok etib, Chevrolet Spark avtomobilini yutib olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: