YeI banklardagi muammolarni hal etish maqsadida AQSh bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

Jahon 15:03 / 18.04.2016 949

Yevropa Ittifoqi Eronning xalqaro banklar bilan hamkorligiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar borasida Vashington bilan muzokaralar olib bormoqda. Eron o‘ziga nisbatan sanksiyalarning bekor qilinishi va "oltilik" hamda Tehron o‘rtasida imzolangan yadro shartnomasi kuchga kirgach, g‘arb banklarida muzlatib qo‘yilgan mablag‘laridan foydalanishda muammolarga duch kela boshlagan edi. Bu haqda Yevropa tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha bosh komissari Federika Mogerini Tasnim agentligiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

"Yevropa Ittifoqi Eron bilan savdo va investitsiya sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga intilmoqda. Yevropaliklar o‘z banklarining Eronda bo‘lishidan manfaatdor", deb qayd etgan Mogerini.

YeI sanksiyalari bekor qilingach, Eronning 40dan ortiq banki SWIFT tizimiga ulandi. Biroq, Yevropa kompaniyalari dollardagi to‘lovlar borasida qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Yevropaning bir qator yirik moliya muassasalari, Eron bilan bitimlarga xizmat ko‘rsatgani uchun AQShning keskin jazo choralaridan xavfsiramoqda.

Mogerinining ta'kidlashicha, Bryussel va Tehron energetika, transport va texnologiyalar almashinuvi sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib olgan.

Ko‘proq yangiliklar: