“O‘zbekenergo” AJ injyeneri Dilshod Elmurodovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning elektr quvvatiga bo‘lgan talabi 2000-2015 yillarda 23 foizga oshgan. Mutaxassis bu haqda Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan ilmiy-texnik “Greem Forum-2016” forumida ma'lum qilgan.
Mamlakatda sanoatlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va iqtisodiyot sohalarini qayta jihozlash, sanoatning yangi yo‘nalishlarini (avtomobil, neft va gazkimyoviy, temir yo‘l muhandisligi) yaratish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar elekt energiyasiga bo‘lgan talab darajasining shiddat bilan o‘sishiga olib keldi.
2000 yilda 46,8 milliard kVt elektr sarflangan bo‘lsa, 2015 yilga kelib bu ko‘rsatkich 57,5 milliard kVt elektr quvvatiga teng bo‘ldi.
Ekspertning prognoziga ko‘ra, 2020 yilda 71,8 kVt energiya quvvati zarur bo‘ladi. 2015 yil bilan taqqoslaganda bu 25 foizga ko‘p.