Yaponiya meteorologlari Yaponiyaning Kyusyu orolidagi Kumamoto viloyatida mahalliy vaqt bilan 16 aprelga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan ikkkinchi zilzila birinchisidan 16 marta kuchliroq bo‘lganini hisoblab chiqishdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Yapon mutaxassislarining fikricha, 1-zilzila yanada kuchliroq 2-zilzila oldidan dastlabki zilzila bo‘lgan. 7,3 magnitudali 2-zilziladan keyin "aftershok" deb nomlanuvchi bir qator so‘nuvchi silkinishlar yuz bergan. Ayni vaqtda 25 ta bunday silkinish yuz bergani qayd qilingan.
2-zilzila ham 1-zilzila yuz bergan tektonik plitalar bo‘ylab yuz bergan, biroq anchagina kuchliroq bo‘lgan. Tabiiy ofat oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 760 kishi shifoxonaga tushdi. Qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hududdagi 6,4 magnitudali 1-zilzila 14 aprelda yuz bergandi.