Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
Ar-Riyoddagi sammit ishtirokchilariga ko‘ra, Isroil G‘azo sektori, G‘arbiy sohil, Sharqiy Quddus va Jo‘lan tepaliklarini tark etmagunicha, Yaqin Sharqda barqaror tinchlik o‘rnatilishi mumkin emas.

Foto: Muammar Awad/XinHua/dpa/picture alliance
Arab davlatlari ligasi (ADL) va Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar Isroilni G‘azo sektori, G‘arbiy sohil, Sharqiy Quddus va Jo‘lan tepaliklaridan chiqib ketishga chaqirdi. 11 noyabr, dushanba kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan sammit ishtirokchilari 1967 yil 4 iyunda belgilab olingan chegaralarni hurmat qilish muhimligini ta’kidlab, bunday harakat mintaqada «adolatli va keng qamrovli tinchlik» o‘rnatilishiga hissa qo‘shishini bildirdi.
Yakuniy deklaratsiya, shuningdek, Falastin hududlari – G‘azo sektori va G‘arbiy sohilni poytaxti Sharqiy Quddusda joylashgan yagona Falastin davlatiga birlashtirishga chaqiradi. Bundan tashqari, ADL va IHT davlatlari rahbarlari xalqaro hamjamiyatni Isroilga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar eksportini taqiqlashga chaqirdi.
Sammit Yaqin Sharqdagi vaziyatning yomonlashuvi fonida Ar-Riyod tomonidan tashkil etilgan. Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorlik tashkilotiga ham Isroil davlatini tan oladigan, ham uning mintaqaviy integratsiyasini qat’iyan rad etuvchi davlatlar kiradi.
Jo‘lan mojarosi
Jo‘lan tepaliklari o‘n yillar davomida Yaqin Sharqdagi bahsli hudud bo‘lib qolmoqda. Isroil 1967 yilda arab davlatlari koalitsiyasiga qarshi Olti kunlik urush paytida Jo‘lan tepaliklarining muhim qismini egallab oldi va 1981 yilda uni anneksiya qildi. AQSh 2019 yilda Jo‘lan tepaliklari ustidan Isroil suverenitetini tan olgan yagona davlatga aylandi.
Yaqin Sharqda mojaroning kuchayishi
Yaqin Sharqdagi vaziyat 2023 yil 7 oktyabrda keskin yomonlashdi. Hamas harakati Isroilga qarshi keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Terrorchilar Isroilga yirik raketa hujumi uyushtirdi, uning hududiga bostirib kirdi, natijada 1200 ga yaqin kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, jangchilar 250 ga yaqin odamni garovga olib, G‘azo sektoriga olib ketishgan. Keyinchalik garovga olinganlarning bir qismi almashtirildi yoki ozod qilindi, ba’zilari esa vafot etdi.
Isroil bunga javoban Hamasga qarshi urush e’lon qildi. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, quruqlikdagi operatsiya va G‘azo sektorini bombardimon qilish natijasida 43 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. Falastinlik jangchilarni Livanning «Hizbulloh» harakati qo‘llab-quvvatlagan. «Hizbulloh» muntazam ravishda Livandan Isroilga qarata o‘t ochyapti. Isroil armiyasi Livan janubida unga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya va Fransiya FCAS jangovar samolyoti bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilmoqchi
Jahon | 14:06
-
Nescafé’dan ilk qahva, bankrot bo‘lgan Kia va YandexMoney ochilishi – 24 iyul dunyo biznesi tarixida
Biznes | 14:02
-
2026 yildan transport majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi chegarasi ikki baravar oshadi
Avto | 13:55
-
Qalbaki dori vositalari ishlab chiqarilgan xonadon aniqlandi
Jamiyat | 13:46
Mavzuga oid

22:44 / 23.07.2025
Isroil parlamenti O‘rdun daryosi g‘arbiy sohilini anneksiya qilishni ma’qulladi

20:50 / 23.07.2025
Gumanitar tashkilotlar G‘azoda ommaviy ocharchilik bo‘lishidan ogohlantirmoqda

16:52 / 23.07.2025
Isroil JSST omboriga hujum qildi: G‘azoda ommaviy o‘limlar xavfi kuchaymoqda

15:03 / 22.07.2025