BMT komissari AQSh prezidentligiga nomzodlarni fanatizmda aybladi

Jahon 09:14 / 16.04.2016 1044

BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al Husayn, Klivlend Universiteti qilgan ma'ruzasi chog‘ida, AQSh prezidentligi kampaniyasidagi nomzodlarni tanqid qilgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

«Fanatizm kishini kuchli yetakchi ekanini anglatmaydi», — deb bayonot bergan oliy komissar.

Husaynning so‘zlariga ko‘ra, «ayrim nomzodlar, insonlarni ularning diniy qarashlari sababli keng qamrovli kuzatish ostiga olish lozim deb hisoblamoqda. Musulmonlarni ajratib, ularning manfaatlarini kamsituvchi tizimlarni qo‘llab-quvvatlamoqda».

BMT oliy komissarining bildirishicha, muammoning shu tartibda qo‘yilishidan esa, siyosatchilar emas, aksincha oddiy insonlar jabr ko‘radilar.

AQSh prezidentligi uchun demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton, muhojirlar ishlari bo‘yicha vazirlik tashkil etish niyatini bildirgan edi.

Respublikachilardan nomzoda milliarder Donald Tramp esa, agarda prezident etib saylanadigan bo‘lsa, mamlakatdagi musulmonlar jamoasini jiddiy nazorat ostiga olishini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: