Bloomberg 2016 yilning eng foydali valyutasini e'lon qildi

Iqtisodiyot 14:43 / 16.04.2016 2721

Zambiya kvachasi 2016 yilning eng daromadli valyutasi sifatida e'tirof etildi. Bloomberg agentligining izoh berishicha, kvacha qadrining yuksalishi ko‘rsatkichi bo‘yicha jahonning qolgan 150 valyutasini ortda qoldirgan.

Ekspertlarning fikricha, valyuta kursining bu qadar tez sur'atlarda ko‘tarilayotgani, mis narxining oshishi bilan bog‘liq.

Mis ishlab chiqarish bo‘yicha Afrika qit'asining ikkinchi yirik mamlakati hisoblanuvchi Zambiya valyutasi dollarga nisbatan 19,9 foizga ko‘tarilgan. Taqqoslash uchun, oltin narxi 16,3 foizga qimmatlashdi.

Qayd etish joizki, Zambiya pul birligi o‘tgan yili 42 foizga qadrsizlanib, dunyoning eng yomon valyutalari uchligiga kirgan edi. Endilikda, iqtisodchilar uning yana bir necha foizga ko‘tarilishini bashorat qilmoqdalar.

2015 yil yakunlariga ko‘ra, Ozarboyjon manati, qozoq tengesi va Zambiya kvachasi qadrsizlanish bo‘yicha yetakchi pul birliklari deb topilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: