Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat o‘zning g‘aroyib soat mintaqasidan voz kechib, yangisiga o‘tishini ma'lum qildi. Bu haqida The Washington Rost nashri xabar beradi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu elektr energiyasini tejash imkonini beradi. Vaqtning qaysi tomonga va qanchaga siljishiga aniqlik kiritilmadi. O‘zgarish 1 may sanasidan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, Venesuelada qurg‘oqchilik oqibatida elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaygan. Mamalakat har taraflama tejamkorlikni qo‘llab-quvvatlamoqda: kinoteatrlar ertaroq yopilmoqda, Nikolas Maduro ayollarni fendan kamroq foydalanishga chaqirdi.
Undan tashqari, u yerda qo‘shimcha dam olish kuni kiritildi. May oyining oxirigacha juma dam olish kuni hisoblanadi.
2007 yilda Venesuela prezidenti Ugo Chaves g‘aroyib soat mintaqasini yo‘lga qo‘ygan. Hozir u GMT'dan kamayib borish tomonga 4:30 taga farq qiladi. Bunday vaqt o‘lchovi jahonning boshqa hech bir mamlakatida kuzatilmaydi.