Markaziy harbiy okrugning «Forish» tog‘ poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy xizmatchilari o‘rtasida hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, tantanali ochilish marosimidan so‘ng Qozog‘iston harbiy delegatsiyasi rahbarlari bilan brifingda o‘quv mashg‘ulot dasturi bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.
O‘n kun davom etishi ko‘zda tutilgan maxsus-taktik o‘quv yig‘inida ko‘plab amaliy mashqlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi.
Xususan, «Hanjar-2024» maxsus-taktik o‘quvi davomida ikki davlat harbiy xizmatchilari turli jangovar qurollardan otish, shartli aholi yashash hududida jang olib borish va harakatlarni tahlil qilish jarayonlarini amalga oshiradi.