Yaponiya hukumati mamalakat konstitutsiyasi yadroviy qurolga ega bo‘lish va undan foydalanishni taqiqlamaydi deb hisoblaydi. Bu haqida Vazirlar mahkamasining yapon parlamenti deputatlaridan birining so‘roviga bergan rasmiy yozma javobidan ma'lum bo‘lgan.
"Agar yadroviy qurol himoyalanish uchun zarur bo‘lsa, unga egalik qilish konstitutsiya tomonidan man qilinmaydi. Bu xuddi shunday qurol-aslahalarga ham tegishlidir", - deyiladi hujjatda.
Shu bilan birga, hukumatning javobida Yaponiyadagi uch noyadroviy prinsip, yadroviy qurolning tarqalmasligi haqidagi kelishuvga ishora qilinadi.
"Shu omillardan kelib chiqadigan bo‘lsak, bizning davlatimiz yadroviy qurolga ega bo‘la olmaydi", - deyiladi hujjatda.
Yaponiyaning uch noyadroviy prinsipi yadroviy qurolni ishlab chiqarish yoki o‘z hududiga olib kirishni taqiqlaydi. Biroq u qonuniy kuchga ega emas, hukumat deklaratsiyasi sifatida qabul qilingan va o‘z navbatida ular Vazirlar mahkamasi tomonidan bekor qilinishi yoki qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Tokio harbiy maqsadlar uchun foydali atom obektlarining keng tarmog‘iga va plutoniyning katta zaxirasiga ega.