Qalbaki Coca-Cola va Fanta ichimliklarini ishlab chiqargan soxta “tadbirkor”lar qo‘lga olindi

Jamiyat 14:56 / 15.04.2016 1200

SVOJJDLQK departamentining Navoiy viloyat boshqarmasi va Qiziltepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Sultonobod” QFYda yashovchi fuqaro D.Eshqobilov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2015 yil 9 oktabrda Navoiy shahar “G‘alaba” shoh ko‘chasi 116-uyning oldida fuqaro T.Olimovga qo‘lbola usulda tayyorlangan yelim idishlardagi 180 dona Coca-Cola va 18 dona Fanta ichimliklarini 676,8 ming so‘mga sotgan vaqtda ushlanib, mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Bundan tashqari, qo‘lbola uslubda tayyorlangan Coca-Cola hamda Fanta ichimliklarining ishlab chiqarish manbasini aniqlash maqsadida fuqaro D.Eshqobilovning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, bu yerdan qo‘lbola usulda tayyorlangan 1,5 litr hajmdagi 110 dona yelim idishlarda Coca-Cola ichimligi, 3 dona bo‘sh yelim idish va 5 dona ichimlikni qadoqlashga mo‘ljallangan polietilen qoplamasi topildi.

Mazkur holatlar yuzasidan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzar “tadbirkor”larga nisbatan sud o‘zining odilona hukmini e'lon qildi.

Ko‘proq yangiliklar: