O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 12 dekabrdagi 350-sonli Qaroriga ko‘ra, 14 yoshgacha voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga har oylik nafaqalar bolalar soniga bog‘liq ravishda yil boshida belgilangan eng kam oylik ish haqining quyidagi miqdorlarida: 1 nafar farzandi bo‘lgan oilalarga – 50 foizi; 2 nafar farzandi bo‘lgan oilalarga – 80 foizi; 3 va undan ortiq farzandlari bo‘lgan oilalarga – 100 foizi miqdorda to‘lanadi. Bu haqda advokat Nafisa Ibragimova ma'lumotiga asoslanib, “So‘g‘diyona” nashri xabar bermoqda.
Qonun hujjatlariga muvofiq, 14 yoshgacha voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan oilalarga har oylik nafaqalar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shaharlar, qishloqlar, mahalla fuqarolari yig‘ini) tomonidan oilalarning shunday nafaqaga muhtojligi hisobga olingan holda tayinlanadi va to‘lanadi.