Microsoft AQSh hukumatini sudga berdi

Jahon 08:47 / 15.04.2016 1855

Microsoft korporatsiyasi AQSh federal agentliklari mijozlarning shaxsiy elektron pochtalariga kirishi haqida o‘z foydalanuvchilarini xabardor qilishga ruxsat berish talabi bilan AQSh hukumatini sudga berdi.

Vashington shtati g‘arbiy okrugi federal sudiga berilgan da'vo arizasida AQSh hukumati Microsoft’ga o‘zining minglab mijozlarini hukumat ularning elektron pochtalari va boshqa hujjatlariga kirish so‘rovidan xabardor qilishni taqiqlaganda AQSh konstitutsiyasini buzayotgani aytilgan.

Microsoft fikricha, hukumatning bu xatti-harakatlari mamlakat konstitutsiyasining 4-tuzatmasiga zid bo‘lib, bu tuzatma odamlarning hukumat ham jismoniy, ham virtual tintuvlar o‘tkazmoqchi ekanligidan xabardor bo‘lish huquqini kafolatlaydi.

AQSh adliya departamenti bu shikoyatga izoh bermadi.

Ko‘proq yangiliklar: