Islom Karimov: Qozog‘iston bilan to‘g‘ri yo‘ldan borishni va doim "soatlarni solishtirib turishni" xohlaymiz

O‘zbekiston 15:08 / 15.04.2016 2052

Bugun, 15 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi.

Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuvda ikki davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy, suv-energetika, transport-logistika va madaniy-ijtimoiy sohalarda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari hamda 23-24 iyun kunlari Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ShHT sammiti yuzasidan suhbatlashishgan.

Uchrashuvda Qozog‘iston rahbari ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy aloqalarga urg‘u qaratgan hamda qozoq va o‘zbek xalqi do‘stligidan faxrlanishi haqida aytib o‘tgan.

O‘z navbatida, Islom Karimov ikki davlat munosabatlari samimiy do‘stlik, o‘zaro ishonch, manfaatlarni hurmat qilish, xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyillari asosida rivojlanayotganini ta'kidladi.

"Hozir biz oson bo‘lmagan bir davrda yashayapmiz va shu bois, aynan shu jihatlar eng muhimi hisoblanadi. Hozirgi holat yuzasidan hamjihatlikda to‘g‘ri yechimlarni topish maqsadida fikr almashish uchun Nursulton Nazarboyevning tashrifi zarur edi. Jahon iqtisodiyotida inqiroz davom etmoqda, biror davlat muammolardan xoli emas. Biz to‘g‘ri yo‘ldan borishni va doimiy tarzda "soatlarni solishtirib turishni" xohlaymiz", — deb ta'kidlagan Islom Karimov.

Ko‘proq yangiliklar: