Ibrahimovich Shvetsiya termasi safida Rio olimpiadasida ishtirok etishi mumkin

Sport 22:24 / 15.04.2016 887

Shvetsiya U21 terma jamoasi bosh murabbiyi Xokan Erikssonning milliy terma jamoa yetakchisi hamda Parijning "PSJ" jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovichni o‘z jamoasi safida Braziliyada bo‘lib o‘tadigan 2016 yilgi Olimpiadaga olib ketish istagida ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Germaniyadagi DPA agentligi xabar tarqatgan.

Olimpiada o‘yinlarining futbol musobaqalari uchun qur'a tashlangach, Shvetsiya Kolumbiya, Nigeriya va Yaponiya termalari bilan bir guruhdan joy oldi. Turnirda qatnashadigan terma jamoalar 21 yoshdan katta bo‘lgan 3 futbolchini tarkibga olishi mumkin bo‘ladi.

"Men umid qilamanki, Zlatan biz bilan Olimpiadaga boradi. U yozda asosiy terma jamoa bilan Yevropa chempionatida ishtirok etadi. Men uni tarkibda ko‘rishni istayman, agar u rozilik bildirsa", degan Eriksson.

Fransiyadagi Yevropa chempionati 10 iyun kuni boshlanib, 11 iyulda tugaydi. Rio olimpiadasining futbol bo‘yicha yinlari 3 avgust kuni boshlanadi va Braziliyaning 6ta shahrida 20 avgustgacha davom etadi.

Rio-de- Janeyro olimpiadasi 5 avgustdan 21 avgustgacha o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: