Hindiston Kambojaga yo‘lbarslar sonini ko‘paytirishda yordam beradi

Jahon 21:01 / 15.04.2016 1060

Butunjahon yovvoyi tabiatni himoya qilish jamg‘armasining (WWF) ma'lumotiga ko‘ra, o‘n yil avval yo‘q bo‘lib ketgan Kamboja yo‘lbarslarining qayta tiklanishida Hindiston yordam ko‘rsatadi. Bu haqida juma kuni Hindiston atrof-muhit vaziri Prakash Javadekar xabar berdi.

“Hindiston yo‘qolib ketgan yo‘lbarslarni tiklashni maqsad qilib qo‘ygan mamlakatlarga yordam berishga tayyor. Birinchi navbatda bizga murojaat etgan Kambojaga bir necha yirtqichlarni yuboramiz”, - dedi Prakash Javadekar.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, “Hindiston 2020 yilga borib dunyoda yo‘lbarslar sonini hozirgi 3890tadan ikki barobarga oshirishni rejalashtirmoqda”.

Hindiston poytaxtida 12 apreldan 14 aprelgacha bo‘lib o‘tgan yo‘lbarslarni saqlab qolish bo‘yicha Osiyo mamlakatlar vazirlari anjumanida yo‘lbarslar saqlanib qolgan mamlakatlar ularning sonini ko‘paytirish bo‘yicha qaror qabul qilishdi.

Uch kunlik anjumanda 13 mamlakatdan 700dan ortiq mutaxassislar qatnashishdi: Bangladesh, Butan, Vetnam, Hindiston, Indoneziya, Kamboja, Xitoy, Laos, Malayziya, Myanma, Nepal, Rossiya va Tailand.

Faqat Rossiya va Hindiston nafaqat yo‘lbarslar sonining saqlab qolinishi, balki ularning sonini oshirishga ham erisha oldi. Ammo bir vaqtning o‘zida boshqa mamlakatlardagi yo‘lbarslarning soni kamaymoqda, Kambojada esa ular butunlay yo‘q bo‘lib ketgan.

2007 yildan buyon Kambojada yo‘lbarslar butunlay yo‘q bo‘lib ketgan, deb e'lon qilingan. Kamboja hukumati ularning qayta tiklanishi uchun 50 million dollar mablag‘ ajratgan. Shuningdek, kambojaliklar Hindistondan katta yoshdagi ikki juft yo‘lbarsni berishlarini so‘rashgan.

Ko‘proq yangiliklar: