Deloitte tadqiqotlar kompaniyasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda Angliya chempionati klublari ko‘rgan umumiy foyda miqdoridan soliqlarni chiqarib tashlaganda pasayish kuzatilgan.
Umumiy foyda summasi 190 million funtdan 120 millionga tushgan. Bu foiz hisobida 37 foizga kamroq degani. Jamoalarning futbolchilarga to‘laydigan maoshi esa 6 foizga o‘sdi. Bu turnir uchun rekord ko‘rsatkich 2 milliard funtga yetgan.
APL 1999 yildan buyon ilk marta ketma-ket ikki yil davomida jamoaviy tarzda foydaga erishgan. 2014/15 yilgi mavsumda jamoalar jami 3,4 milliard funt daromad qilishgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga ko‘proq degani.
Operatsion daromadlarning umumiy ko‘rinishi 500 million funtdan oshiqroq bo‘lgan, 20ta klubdan 17tasi o‘tgan mavsumni zararsiz yakunlagan.