Angolaning «Sonangol» davlat neft kompaniyasi Kvanza daryosi havzasida yirik neft va gaz konini topishga muvaffaq bo‘lgan. Uning zaxirasi 2,2 mlrd barrel neft ekvivalentiga tengligi aytilmoqda.
TASS axborot agentligining xabar qilishicha, VR plc bilan hamkorlikda burg‘ilash ishlari olib borilayotgan 24 blokning zaxirasi 1,7 mlrd barrel neftga teng. «Sonangol»ning o‘ziga tegishli 20 blok zaxirasi esa, — 570 mln barrel neft ekvivalentida baholanmoqda.
Afrika mintaqasida neft qazib olish hajmi bo‘yicha, Angola Nigeriyadan so‘nggi ikkinchi o‘rinda turadi.