Xavfsizlik sohasi mutaxassislari iPhone’dagi yangi nuqsonni aniqlashdi. Ushbu nosozlik xakerlarga smartfonni nosoz holatga keltirishga mikon yaratadi. Bu haqda Telegraph Technology ma'lum qilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, xakerlar Wi-Fi qurilmasi orqali smartfon bilan bog‘lanib, uning asl sozlanmasi sanasini 1970 yilning 1 yanvariga o‘zgartirib qo‘yishlari mumkin.
Xakerlar buning uchun jamoat joylarida foydalanish uchun o‘rnatilgan qurilmalardan foydalanishadi.