O‘zbekistonda hafta oxirida yog‘ingarchilik kuzatiladi

O‘zbekiston 18:01 / 13.04.2016 1478

Gidrometeorologiya markazi bergan ma'lumotga ko‘ra, haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekiston bo‘ylab iliq harorat kuzatiladi. Respublikaning ayrim hududlarida havo harorati kunduzi 30 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi esa 10-15 daraja iliqni tashkil etadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 16-18 aprel kunlari mamlakatda yog‘ingarchiliklar kutiladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi sms-xabarnomalar orqali Toshkent viloyatining tog‘ oldi hududlarida sel kelish xavfi borligidan ogohlantiradi.

Ko‘proq yangiliklar: