Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, loyiha Xitoyning China Datang kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Ochilish marosimida korporatsiya boshqaruvi raisi Chjou Ley, uning o‘rinbosari Li Chjanvey va rahbariyatning boshqa vakillari ishtirok etdi.
Quvvati 263 megavatt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi “Bo‘ka” mahallasida joylashadi. Loyiha qiymati 150 million dollarni tashkil etadi.
Ushbu quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyiha 2024 yil yanvarida imzolangan. Prezidentning 24 maydagi qaroriga ko‘ra, qurilish uchun 621 gektar yer ajratilishi belgilangan bo‘lib, u qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yer toifasiga o‘tkaziladi.