Toshkent viloyatida 7 yoshli qiz o‘z ammasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi

O‘zbekiston 10:14 / 20.03.2024 22103

Toshkent viloyatida 7 yoshli qizcha o‘z ammasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro I.N. 2023 yilning 22 noyabrida Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan jiyanlari - 2011 yilda tug‘ilgan A.M. va 2017 yilda tug‘ilgan A.Ch.ning otasi T.A. va onasi T.M. Rossiyaga ketganligi sababli, o‘zi tarbiyalab kelayotgan jiyanlariga nisbatan o‘zini vasiy etib tayinlashni so‘rab, Bekobod tumani hokimi nomiga ariza bilan murojaat qilgan.

Bekobod tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra, fuqarolar A.M. va A.Ch. hamda I.N. jismonan va ruhan sog‘lom ekanligi ko‘rsatilgan.

Yuqoridagi xulosalarga asosan, fuqaro I.N. Bekobod tumani hokimining 2023 yil 15 dekabrida voyaga yetmaganlar A.M. va A.Ch.ga nisbatan vasiy tayinlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan.

Joriy yilning 12 mart kuni kech soat 20:00 larda Bo‘ka tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga voyaga yetmagan A.Ch.ning ammasi I.N. tomonidan kaltaklangani natijasida shifoxonaga tushganligi haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur holat bo‘yicha Markaziy shifoxonaga borib o‘rganilganda, voyaga yetmagan A.Ch.ning jonlantirish bo‘limida yotganligi aniqlangan. Tibbiyot xodimlarining olib borgan sa’y-harakatlariga qaramay A.Ch. joriy yilning 15 mart kuni vafot etgan.

Hozirda fuqaro I.N. ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan hamda Ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: