Bugun, 13 aprel kuni O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Polsha o‘smirlar terma jamoasiga qarshi Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu uchrashuv 2016 yilning sentabr oyida Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik doirasida o‘tkaziladi.
8 aprel kuni yig‘inga kirishgan Temur Olimxo‘jayev boshchiligidagi jamoa polshalik tengdoshlariga qarshi “Jar” stadionida bahs olib boradi. Uchrashuv soat 16:00da boshladi.
Polsha o‘smirlar terma jamoasi 10 aprel kuni Toshkentga yetib keldi va bir necha mashg‘ulotlar o‘tkazgan.
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi 15 aprel kuni Polshaga qarshi yana bir uchrashuv o‘tkazadi.
16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 2016 yilning 15 sentabr – 2 oktabr sanalari davomida, Hindistonda bo‘lib o‘tadi. Unda Osiyoning 16 mamlakati o‘smirlari ishtirok etadi.
Ushbu turnir saralash bahslari davomida Temur Olimxo‘jayev boshchiligidagi terma jamoa Maldiv (8:0), Falastin (6:0) hamda Yaman (5:2) jamoalari ustidan g‘alaba qozonib, “A” guruhi g‘olibi sifatida qit'a birinchiligiga yo‘l olgandi.