Olma-otada yashovchi kishining 3 ming dollarlik Betmen kostyumini o‘g‘irlab ketishdi

Jamiyat 17:55 / 13.04.2016 1541

Olma-otada yashovchi noma'lum kishining Betmen kostyumini o‘g‘irlab ketishgan. Kiyimning bahosi esa 3 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Bu haqida TengriNews nashri xabar berdi.

Jabrlanuvchi Bostandik tumani IIBga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Betmen va Supermen ishtirokidagi rolik tasvirga olinganidan so‘ng, kostyumni sumkasiga joylashtirgan va taksiga o‘tirib ketgan. Shu vaqtda haydovchi sumka ichida nima borligini bilish maqsadida qiziqish bilan so‘rov o‘tkazgan va ular o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Ta'kidlanishicha, taksichi muammoni hal etish uchun o‘zining do‘stlariga qo‘ng‘iroq qilib, ularni uning oldiga yetib kelishini so‘ragan. O‘z navbatida, kostyum egasi ham rolikda Supermen rolini ijro etgan do‘stiga qo‘ng‘iroq qilgan.

“Mening do‘stim tezda yordamga yetib keldi. Men taksidan tushdim. Do‘stim va men haydovchi bilan tinch yo‘l bilan kelishib olmoqchi bo‘ldik. Shu payt u bizdan qo‘rqdi va sumkamdagi narsalarim bilan ketib qoldi”, — deydi jabrlanuvchi.

Uning ta'kidlashicha, kostyum “Betmen Supermenga qarshi” filmining premerasi uchun Rossiyadan maxsus buyurtma orqali olib kelingan.

“Biz mashina raqami va rusumini eslab qoldik. Keyin esa Bostandik tuman IIBga bordik va men ariza yozdim”, — deydi jabrlanuvchi. IIB xodimlari haydovchi va buyumlarimni bir necha soatda topishdi, deb davom ettirdi kostyum egasi.

Tomonlar kelishib olishgan. Haydovchining aytishicha, u qo‘rqib ketgan va hech narsani o‘g‘irlash maqsadi bo‘lmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sumkaning ichida Betmenning kiyimini ko‘rib juda ham ajablangan. Kastyumni egasiga qaytarmoqchi bo‘lgan, ammo uni qanday topishni bilmagan.

Jabrlanuvchining aytishicha, politsiya xodimlari unga kostyumni qaytarish vaqtida endi mamlakat tinch uxlasa ham bo‘ladi, deb hazil qilishgan.

Ko‘proq yangiliklar: